Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreya: «AQSh tahdidlardan voz kechsin!»

Shimoliy Koreya: «AQSh tahdidlardan voz kechsin!»

Foto:«Rbk.ua»

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi mutasaddisi Koreya yarimorolida tinchlik va kelishuvga erishilayotgan bir paytda rasmiy Vashingtonning yadroviy dasturga oid chiqishlarini qattiq qoraladi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Rasmiy Pxenyan AQSh Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazish hamda harbiy tahdiddan voz kechishi kerakligini aytmoqda. «Yonhap» xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi mutasaddisi Koreya markaziy axborot agentligi(KSNA)ga bergan intervyusida: «AQShning bosim o‘tkazishi hamda harbiy tahdid qilishi yadroviy dasturga oid chigallikni bartaraf eta olmaydi», — degan.

AQSh prezidenti Donald Tramp may oyi boshida bergan bayonotida Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashuvi Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi tinchlik chegarasida o‘tkazilishini aytgan edi.

Shu bilan birga, ayni kunlarda Trampning Janubiy Koreya prezidenti Mun Che In bilan 22 may kuni Oq uyda uchrashishi ham muhokama qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring