Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorlarning oyligi ikki marta oshadi

Shifokorlarning oyligi ikki marta oshadi

Yaqinda tibbiyot xodimlari ish haqlari 10-15 foizgacha oshgan edi. Ish haqlarini oshirish to‘g‘risidagi prezident farmoni bilan ularning oyligi yana oshadi.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov ma’lumot bergan.

— 2022 yil 17 maydagi «Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni asosida tibbiyot xodimlarining oyligi 10-15 foizga oshirilishi belgilangan.

So‘ngra kecha, 20 may kuni qabul qilingan ish haqlarini oshirish haqidagi farmoni asosida barcha xodimlar qatorida tibbiyot mutaxassislarining maoshi ham yana 12 foizga oshiriladi.

Yuqoridagi ikkala farmon ham 1 iyundan boshlab kuchga kiradi.

Masalan, 3 mln. so‘m oylik oladigan tibbiyot xodimining oyligi dastlab 15 foizga oshadi deylik, shunda 3 mln. 450 ming so‘m bo‘ladi. Keyin yana 12 foiz oshadi va jami 3 mln. 864 ming so‘m bo‘ladi, — deya tushuntirgan vazir o‘rinbosari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring