Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor yashil olma zarari haqida ogohlantirdi

Shifokor yashil olma zarari haqida ogohlantirdi

Foto: «Fotolia / fuzzbones»

Rossiyalik endokrinolog va diyetolog Tatyana Bocharova kimlarga yashil olma yeyish mumkin emasligini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

Shifokor ruslarni yashil olma xavfi to‘g‘risida ogohlantirdi. Ular pankreatit yoki safro yo‘llari diskineziyasi bilan og‘rigan, ayniqsa, ushbu kasalliklarning o‘tkir bosqichidan qiynalayotgan kishilarga taqiqlanadi. Bunday tashxis qo‘yilganda ushbu mevaning shirinroq navlarini tanlash, uni tozalab yoki toblab pishirib yeyish lozim.

Gastrit yoki oshqozon yara kasalligida Bocharova kuniga bir dona yashil olma bilan qanoat hosil qilishni maslahat berdi.

«Yaxshisi, uni och qoringa emas, balki asosiy ovqatdan bir soatdan keyin iste’mol qilgan ma’qul», — deya ta’kidladi diyetolog.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, olmaning nordon navlari tish emaliga zarar yetkazadi. Shu bois, ushbu mevani iste’mol qilgandan so‘ng mutaxassis og‘iz bo‘shlig‘ini suv bilan chayishni tavsiya etadi.

«Sog‘lom odam kuniga ikkitagacha yashil olma iste’mol qilgani ma’qul: aks holda kislota shilliq qavatni bezovta qilishi, noxush ta’sir qilganda esa ishtahani kuchaytirib yuborishi mumkin», — deb xulosa qildi Bocharova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring