Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor past qon bosimining xavfli jihatidan ogohlantirdi

Shifokor past qon bosimining xavfli jihatidan ogohlantirdi

Qon bosimining keskin pasayishi buyrak yetishmovchiligi, miya tomirlarida qon aylanishining buzilishi, yurak xuruji va insultga olib kelishi mumkin.

Bu haqda rossiyalik shifokor Yevgeniya Ivanova «Praym» portali bilan suhbatda ma’lum qilgan. 

Surunkali arterial gipotenziya bilan odam past bosimni sezmasligi mumkin, bu holat hayot va sog‘liqqa tahdid solmaydi, ammo bosimning birdan keskin pasayishi xavfli belgidir.

«Qon bosimining pasayishi miya tomirlarining qon bilan ta’minlanishini buzadi, ba’zi hollarda angina pektoris, ishemik insult, buyrak yetishmovchiligi kabi kasalliklarni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin», deydi mutaxassis.

Bosimning keskin pasayishi avvaldan rivojlanib kelgan miokard infarkti va o‘pka emboliyasi kabi kasalliklardan darak berishi mumkin. Bu vaziyatda tez yordam chaqirish va shirin issiq choy yoki qahva ichish yaxshiroqdir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring