Shifokor koronavirus bilan SFTS virusi xavfini taqqosladi
Xitoyda qayd etilgan SFTS virusi SARS-CoV-2 koronavirusi yoki oddiy grippga qaraganda unchalik xavfli bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda 9-avgust, yakshanba kuni Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti davolash fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti Vladislav Mitroxin ma’lum qildi.
«Nazarimda bu mahalliy virus bo‘lib, koronavirus kabi tarqalmaydi. Biroq hozircha ma’lumotlar juda kam. Virusning yuqish yo‘llari ham hali aniq emas. Bir hafta davomida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz, deb o‘ylayman», — dedi u «REN TV» telekanalida.
Mitroxinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ilmiy jamoatchiligi hozircha yangi SFTS virusining alomatlari haqida to‘liq manzaraga ega emas.
«Hozirgi kunda yangi virus haqida kam narsa ma’lum, faqatgina koronavirusdan farqli o‘laroq oshqozon-ichak yo‘lida namoyon bo‘ladi. Biroq koronavirus bilan gripp virusining birikuvi, ya’ni ikkalasini ham bir vaqtda yuqtirib olish eng xavfli ekanligi aytilmoqda», — deydi shifokor.
Kuni kecha OAVda Xitoyning Szyansu va Anxoy provinsiyalarida SFTS tarqalishi qayd etilgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi. Jami 60 kishi kasallikni yuqtirgan bo‘lib, ulardan yetti nafari vafot etgani aytilgan.
Virus alomatlari orasida tibbiyot xodimlari isitma, yo‘tal, leykotsit va trombotsitlar kamayishini qayd etishgan. Shifokorlarning fikricha, infeksiya asosan kanalar chaqishi orqali yuqadi. Biroq odamdan odamga yuqish ehtimoli ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter