Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor COVID-19dan so‘ng hid bilishni tiklash bo‘yicha maslahat berdi

Shifokor COVID-19dan so‘ng hid bilishni tiklash bo‘yicha maslahat berdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiyalik otolaringolog Vladimir Zaysev koronavirus bilan og‘rigandan so‘ng qanday qilib hid bilash qobiliyatini tiklash mumkinligini aytdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hid bilish qobiliyati pasayishi giposmiya, uning to‘liq yo‘qligi esa anosmiya deb ataladi. Uning aniqlik kiritishicha, kasallikning sensorinevral turida — bosh miyaning tegishli sohasiga zarar yetganda tiklanish jarayoni qiyinlashadi. Konduktiv tipda — burun shilliq qavati darajasida muammolar paydo bo‘lganda esa vaziyat tiklanmas holatga kelib qoladi.

Zaysevning izohlashicha, COVID-19dan keyin odatda hid bilish qobiliyati bir oy ichida qaytadi. Agar bunday bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak: u tekshiruvdan so‘ng muolaja tayinlaydi.

Shu bilan birga, odam o‘zining hid bilish retseptorlarini mustaqil ravishda shug‘ullantirishi mumkin, deya ta’kidlaydi shifokor. U maxsus salonlardan kichkina shishachada rayhon efir moyini sotib olishni va kuniga uch-to‘rt mahal bir necha marta uni hidlashni tavsiya etadi.

«Zinhor nashatir spirti, sirka, kuchli parfyumeriya vositalarini hidlamaslik kerak. Ko‘pchilik shunday qiladi. Bu noto‘g‘ri. Shilliq qavat hidlarni «ajratmaydi», agar o‘tkir hidlardan «nafas olsa», yaxshilikka olib kelmaydi. Bu borada rayhon hidi juda yaxshi yordam beradi», — dedi otorinolaringolog.

Zaysevning fikricha, hid bilishni iloji boricha ertaroq tiklash kerak, aks holda bu odamning ruhiy-emotsional salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, depressiya holatiga olib kelishi hech gap emas. Bundan tashqari, kundalik hayotda hid bilish gazning sizib chiqayotganini aniqlashga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring