Shifokor chekishdan voz kechishning katta foydasini aytdi
Chekish insultni rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi, bu odatdan voz kechish kasallik ehtimolini ikki baravar kamaytiradi, deydi rossiyalik kardiolog Yevgeniy Shlyaxto.
Mutaxassisning fikricha, insult xavfi chekishni tashlaganidan keyin besh yil o‘tib butunlay yo‘qolishi mumkin.
«Chekishning insult xavfiga qo‘shgan hissasi ateroskleroz va arterial gipertenziya bilan taqqoslanadi. Agar siz chekishni tashlasangiz, ikki yildan keyin chekish bilan bog‘liq insult xavfi ikki baravar kamayadi va faqat besh yildan keyin butunlay yo‘qoladi», — dedi Shlyaxto.
Kardiolog qo‘shimcha qilganidek, chekish odati insultga moyillik va umuman, yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfiga sezilarli ta’sir qiladi.
Kelajakda insultni oldini olish uchun mutaxassis spirtli ichimliklar va turli psixostimulyatorlardan voz kechishni maslahat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter