Shifokor ayrim chaqaloqlarning kam uxlashi sababini tushuntirdi
Chaqaloqning odatdagidan kam uxlashiga nima sabab bo‘ladi? Neontolog Malika Usmanova ushbu muammo yuzasidan fikr yuritdi.
— Me’yordagidan kam uyqu asosan markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bor chaqaloqlarda kuzatiladi.
Masalan homiladorlikning oxirgi davri yoki tug‘uruq paytida ona salomatligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelsa, ya’ni bola asfiksiya (nafas olish faoliyatining o‘tkir buzilishi tufayli qonda va to‘qimalarda kislorod yetishmasligi), gipoksiya (qonda va to‘qimalarda kislorodning me’yordan kamayishi) yoki infeksiya yuqtirgan holda dunyoga kelsa, tug‘uruqxonadan chiqqach, unda uyqu buzilishi holati uchraydi.
Odatda yangi go‘dak bir sutkada 18 soatgacha uxlaydi. Agar u 14-16 soat dam olayotgan bo‘lsa, bu ham me’yor hisoblanadi. Biroq 14 soatdan kamligi uyqu buzilishidir.
Shuningdek, 5-9 oylik bolalar o‘rtacha 15-16 soat, 10 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar 12-13 soat uxlaydi. Vaqt o‘tgan sari esa kunduzgiga nisbatan tunda ko‘proq orom oladi.
Bilish lozimki, uyqu vaqtida go‘dakning qoniga somatotropin gormonining 90 foizi ajralib chiqadi. U chaqaloqning jismoniy rivojlanishini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter