Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHTga yana bir davlat a’zo bo‘lmoqchi

ShHTga yana bir davlat a’zo bo‘lmoqchi

Belarus hukumati Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza tayyorlab, tasdiqlatish uchun prezidentga kiritgan.

Bu haqda Rossiya prezidentining ShHT bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov ma’lum qilgan. Bugun Toshkentda ShHT milliy koordinatorlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

ShHT 2001 yil 15 iyunda Xitoyning Shanxay shahrida tuzilgan bo‘lib, unga hozirgacha O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Hindiston va Pokiston a’zo hisoblanadi.

Belarus shu paytgacha kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. Shuningdek, ShHTga Eron ham qo‘shilgan, u sentyabrda o‘tadigan Samarqand sammitida a’zo sifatida qatnashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring