ShHT sammiti munosabati bilan Samarqandga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi – (aylanma yo‘llar ro‘yxati)
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 14-17-sentyabr kunlari Samarqand shahriga kirish tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun yopilib, aylanma harakat tashkil etiladi.
IIV JXD matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda haydovchilarga mazkur aylanma yo‘llar xaritasi tushirilgan QR-kodli qo‘llanmalar ishlab chiqilib tarqatilmoqda. Qo‘llanmalardan ruxsat etilgan aylanma yo‘llarda harakatlanish uchun mobil ilovalar yordamida foydalanish mumkin.
Mazkur kunlarda:
- M37 Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 0-kilometridan 11-kilometrigacha;
- M37a Samarqand xalqa yo‘li avtomobil yo‘ltining 33-kilometridan 46-kilometrigacha;
- M39 Olmaota – Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lining 1081-kilometridan 1085 kilometrigacha;
- 4K493av Eshimoqsoq mahallasiga kirish avtomobil yo‘lining 0-kilomteridan 5-kilometrigacha;
- 4K505 Oqdaryo ko‘prigi Qo‘lbosti avtomobil yo‘lining 0-kilomteridan 5-kilometrigacha oraliq qismida transport vositalarining harakati vaqtinchalik taqiqlanadi.
Shu munosabat bilan yuk tashuvchi transport vositalari va viloyatlararo qatnovchi avtobuslar Samarqand shahrini aylanib o‘tishi uchun quyidagi yo‘llar orqali vaqtinchalik harakatlanishi tashkillashtiriladi:
- Navoiy-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha M37 Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yo‘lining 60-kilometridagi tutashmadan Ishtixon, Payariq, Jomboy tumanlari hududidan o‘tuvchi 4R58g va4R48 avtomobil yo‘llari orqali;
- Kitob-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelgan yuk tashuvchi transport vositalari M39 Olmaota – Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lining 1095-kilometridagi chorrahadan Samarqand, Oqdaryo, Payariq va Jomboy tumanlari hududidan o‘tuvchi M37a, M37, 4K493v, 4R48 avtomobil yo‘llari orqali;
- Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha A378 Samarqand – G‘uzor avtomobil yo‘lining 6-kilomteridagi aylanma harakatli chorrahadan Samarqand, Oqdaryo, Payariq va Jomboy tumanlari hududidan o‘tuvchi M37a, M37, 4K493v, 4R48 avtomobil yo‘llari orqali.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter