Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasining faoliyatiga baho berildi

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasining faoliyatiga baho berildi

Foto: O‘zA

Toshkent shahrida 2018-yil 5-aprel kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining o‘ttiz ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, tadbirda Qirg‘iziston Respublikasi raisligida o‘tgan tadbirda Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Hindiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etgan.

Majlisda 2018 yilning to‘rtinchi choragida ShHTga a’zo davlatlar va ShHT huzurida kuzatuvchi mamlakatlar o‘rtasida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalasiga bag‘ishlangan oltinchi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyatiga ijobiy baho berildi.

Foto: O‘zA

O‘zAning ma’lum qilishicha, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyatini rivojlantirish va ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun mazkur davlatlar vakolatli organlarining qator xodimlari va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasining mas’ul xodimlari ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashi yorlig‘i va esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi faoliyatini tashkiliy, kadrlar va moliyaviy jihatdan ta’minlashga doir masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

«ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi majlisini 2018-yil oktyabr oyida Qirg‘izistonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring