Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov xorijdagi kompaniyalarni boshqarayotgan vatandoshlarimizga murojaat qildi

Sherzod Shermatov xorijdagi kompaniyalarni boshqarayotgan vatandoshlarimizga murojaat qildi

Foto: Mitc.uz

Bugun, 26 may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida AQShda yashab faoliyat olib borayotgan huquqshunos, jurnalist, bloger Otabek Mahkamovning «Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazir Sherzod Shermatov ham ishtirok etib, so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 14 aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish kerakligini ta’kidlagandi.

Shundan kelib chiqib, AKT vaziri xorijdagi kompaniyalarni boshqarayotgan vatandoshlarimizga murojaat qildi: yurtimizda IT-sohani rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga, xususan, BPO yo‘nalishida faoliyatlarini O‘zbekistonda tashkil qilishga chaqirdi.

«Yangi O‘zbekiston davri boshlanishi bilan Prezidentimiz aynan chet elda ishlayotgan vatandoshlarga e’tiborini qaratdi. Yurtdoshlarimiz dunyoning turli nuqtalarida ishlab, faoliyat ko‘rsatishmoqda.

Axborot texnologiyalari chegara bilmas tarzda rivojlanib boryapti. Amerikada yashayotgan juda ko‘p vatandoshlarimiz o‘zlarining buyurtmalarini O‘zbekistonga yuborishmoqda. Bu albatta, katta yutuq. O‘ylaymanki, siz amalga oshirayotgan bu kabi ishlaringiz Amerikada yashayotgan vatandoshlarimizni biz bilan yanada yaqinlashtirishga, ular o‘zlarining buyurtmalarini O‘zbekistonga yuborishida katta xizmat qiladi», — dedi Sherzod Shermatov.


Videoni tomosha qiling: Otabek Mahkamov nega shaxsiy, diniy va siyosiy savollarga javob bermaydi?


«Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv» kitobi taqdimotida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan mutaxassis va olimlari, mashhur san’atkorlar hamda madaniyat xodimlari ishtirok etishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring