Sherzod Shermatov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti bilan nimalarni gaplashdi?
Bugun, 16-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov TikTok kompaniyasining vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va Davlat personallashtirish markazi mas’ul xodimlari ham qatnashdi.
TikTok bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya vakillari O‘zbekistonda ham shunday loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda platformadan foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish masalalari ham muhokama qilindi.
Kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan O‘zbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalishining oldini olish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga tayyor ekanligini bildirgan.
AKT vazirligi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakillariga O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish bo‘yicha taklif berdi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter