Sherzod Shermatov Astana Hub texnoparki bilan tanishdi (foto)
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahriga tashrif bilan borgan AKT vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya bugun, 4-dekabr kuni Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro texnoparklardan biri – Astana Hub faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, startap-industriyani rivojlantirish doirasidagi masalalar muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolari Qozog‘istonning Datanomix, ConnectedHHome, Oquda va iMAS kabi IT-kompaniyalari bilan tanishdi. Tomonlar hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirib, O‘zbekiston va Qozog‘iston kompaniyalarining ikki davlat bozoriga kirishi masalasini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter