Sherobodda bir fuqaroning nomiga 3 milliondan ortiq yolg‘on qarzdorlik yozildi
Sherobod tumani «Katta hayot» mahallasida yashovchi Tursun Rahimova tabiiy gazdan foydalanganlik uchun barcha to‘lovni o‘z muddatida to‘lab kelgan bo‘lsa-da, negadir tuman gaz ta’minoti korxonasi uning xonadoniga 3 164 599 so‘m qarzdorlik hisobladi.
Shundan so‘ng iste’molchi Sherobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat mutaxassislari tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari jarayonida yuqoridagi qarzdorlik summasi noreal tarzda hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi va T.Rahimovaga gaz ta’minoti korxonasidan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter