Shaxsni o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazganlik uchun qanday javobgarlik bor?
Shaxsni o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali yozmoqda.
Shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki bunga suiqasd qilish darajasiga yetkazish 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
- moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
- voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
- bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- telekommunikatsiya tarmoqlari, Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter