Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxsni asossiz ushlab turish qanday jazolanadi?

Shaxsni asossiz ushlab turish qanday jazolanadi?

Qonunchilikka ko‘ra, shaxsni asossiz ushlab turish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ichki ishlar organi xodimi, boshqa vakolatli shaxs ushlab turishning qonunda belgilangan asoslari mavjudligini bevosita aniqlasa yoki boshqa shohidlarning so‘zlaridan aniqlasa:

 - o‘zini tanishtirishi va ushlab turilgan shaxsning talabiga ko‘ra o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi;

- gumon qilinuvchiga u jinoyat sodir etishda gumon qilib ushlanganligini ma’lum qilishi;

- ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad etishga bo‘lgan protsessual huquqlarini tushuntirishi;

- ushlab turilgan shaxsga u bergan ko‘rsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi;

- ushlab turilgan shaxsdan yaqin oradagi ichki ishlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga birga borishini talab qilishi shart.

Ushbu harakatlar videoyozuv orqali qayd etilishi shart (kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda videoyozuv orqali qayd etmaslikka yo‘l qo‘yiladi).

Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.

Jinoyat kodeksining 234-moddasiga ko‘ra, bila turib, qonunga xilof ravishda ushlab turish 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring