Shaxsiy kabinetga xorijiy IP-manzillardan kirish vaqtinchalik cheklandi – «HET» korxonasi
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasi ite’molchilari uchun shaxsiy kabinetiga xorijiy IP-manzillardan kirish vaqtinchalik cheklanganini ma’lum qildi.
Bildirilishicha, jamiyat tomonidan kibertahdid va axborot resurslarining kiberhujumlarga qarshi zaifliklarining oldini olish, shuningdek, iste’molchilar ma’lumotlari xavfsizligini kompleks ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlar olib borilmoqda.
«Shu munosabat bilan jismoniy va yuridik shaxslarning shaxsiy kabinetlariga xorijiy IP manzillardan kirish vaqtinchalik cheklanishini ma’lum qilamiz», – deyiladi «HET» korxonasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter