Ko‘chki butun qishloqni bosib qoldi. 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan
Papua-Yangi Gvineyadagi ko‘chki 100 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgani aytilmoqda.
«Bu odamlar hali uxlayotgan paytda sodir bo‘ldi va butun qishloq vayron bo‘ldi», — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Guvohlarning xabar berishicha, 100 dan ortiq odam yer ostida qolgan.
Rasmiylar qurbonlar sonini hali tasdiqlamadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda tog‘ tepasidan o‘pirilgan tosh massasi qiyalikdagi tuproq bilan qorishib, qishloqdagi uylar ustiga qulagani aks etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter