Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Umurzoqov qarorlarining yarmini jamoatchilikdan yashirdi

Shavkat Umurzoqov qarorlarining yarmini jamoatchilikdan yashirdi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov ushbu lavozimga tayinlanganidan buyon bir oy o‘tmay 35 ta qaror imzolagan bo‘lsada, ularning deyarli yarmi jamoatchilikdan yashirilgan. Qabul qilingan 14 ta farmoyishdan 4 tasi ham mavjud emas, deb yozmoqda «Gazeta.uz».

«E-qaror» portali ma’lumotlari asosida tayyorlangan tahlilga ko‘ra, shahar rahbari tomonidan 49 ta qaror va farmoyish imzolangan, biroq hujjatlarning 21 tasi (42,8 foizi), shu jumladan, 35 ta qarordan 17 tasi (48,6 foizi) va 14 ta farmoyishdan 4 tasi (28,6 foizi) jamoatchilikdan yashirilgan.

Shu bilan birga, uch kun ichida — 12−14 aprel kunlari hokim tomonidan imzolangan 14 ta qarordan 10 tasiga yoki 71,4 foizi yashirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Umurzoqov shu yilning 23 martida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring