Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–97-son, 17.03.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Tabiat resurslari vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring