Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi.
Bugun davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etib, ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida O‘zbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. "Manas" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov kuzatib qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter