Shavkat Mirziyoyevning murojaatnomasi barcha telekanallarda jonli efirda uzatiladi (video)
Joriy yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llashi kutilmoqda.
Mazkur murojaatnoma O‘zMTRKning barcha telekanallarida, jumladan hududiy va nodavlat kanallarda ham to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda uzatiladi. Shuningdek, murojaatnomani prezident matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham kuzatish mumkin.
Aholi qatlamlarini to‘liq qamrab olish maqsadida murojaat «O‘zbekiston» telekanalida surdo tarjimon bilan, «Toshkent» va «Oilaviy» kanallarida rus tilida, «Yoshlar» va «Dunyo» bo‘ylab telekanallarida ingliz tilida ham uzatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter