Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning ish rejasi e’lon qilindi. Ushbu hafta yirik tadbir bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyevning ish rejasi e’lon qilindi. Ushbu hafta yirik tadbir bo‘ladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun bo‘lib o‘tgan brifingda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov, an’anaga ko‘ra, davlat rahbarining ish rejasi bilan tanishtirdi.

Qayd etilishicha, 15-16 iyul kunlari Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan, Pokiston bosh vaziri Imron Xon Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

— Ushbu konferensiyada Afg‘oniston va Pokiston Prezidentlari, shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik sisati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel, 20 dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni 600 dan ortiq.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokchilarga videomurojaat yo‘llaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan konferensiya Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Yalpi va sho‘’ba majlislarida mintaqaviy bog‘liqlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shu jumladan savdo va transport sohalaridagi hamkorlikning barqaror o‘sishni ta’minlashdagi o‘rni, madaniy-gumanitar aloqalarni qayta tiklash orqali do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi tahdid va xatarlar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Afg‘oniston Prezidenti, Pokiston Bosh vaziri, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy idorasi rahbari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shu hafta qator hududlarda nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring