Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 iyul kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Muloqotda O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining keng ko‘lamli kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Prezident Sadir Japarov Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarga chek qo‘yish maqsadida O‘zbekiston rahbari tomonidan ko‘rilgan qat’iy choralarni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. Boshqa davlatning ichki ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini alohida ta’kidlagan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari bo‘lajak oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar rejasini, shu jumladan, Cho‘lponota shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqqanlar.

Tomonlar mintaqaviy transport yo‘laklari va energetika infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi yirik infratuzilmaviy loyihalarni ishlab chiqishni jadallashtirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlaganlar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti To‘qayev bilan ham telefon orqali muloqot qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring