Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga bordi

Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga bordi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tadbirkorlarning istiqbolli rejalari bilan tanishmoqda. Bu haqda prezidentning matbot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbariga Toshkent shahrining 2018-2019-yillardagi investitsiya salohiyatiga oid ma’lumotlar taqdim etildi. Unga ko‘ra, shu ikki yilda poytaxtimizda 417 ta loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Jumladan, Yunusobod tumanida 2019-yilda 38 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlari kengligi, poytaxtimiz barcha sohalarda namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va soliq tushumini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring