Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyevning yangi «Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

Prezidentning yangi qaroriga muvofiq endi Davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha ayrimlari tungi ish vaqtida ham ishlaydi. 

2022-yil 1 iyuldan boshlab:

davlat muzeylariga har kuni soat 22:00 gacha tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish huquqi beriladi, shuningdek, zaruratga ko‘ra, davlat muzeylari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tungi ish vaqti muddatlarini belgilashi mumkin;

pulli xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etgan muzey xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanadi va ular moddiy rag‘batlantiriladi, qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi muzeylar tomonidan ularning yuqori turuvchi organi bilan kelishgan holda belgilanadi.

«Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo‘lgan shaxslar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring