Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Samarqand shahridagi tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 17- may kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif dasturiga muvofiq, 18-19-may kunlari Sian shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish, «Markaziy Osiyo - Xitoy» formatidagi sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring