Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha videoselektor o‘tkazadi

Bu hafta Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha videoselektor o‘tkazadi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati brifingida ma’lum qilindi.
Unda davlat organlari rahbarlari, hokimlarning hisobotlari eshitilishi kutilmoqda.
Shuningdek, chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish, Tokio Olimpiadasiga sportchilarimizni tayyorlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lishi rejalashtirilgan.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi ham mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter