Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
Davlatimiz rahbarining Hindistonga davlat tashrifi davom etmoqda. Prezidentning matbuot xizmati xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-oktyabr kuni Nyu-Dehlida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter