Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Mardin va Gaziantep viloyatlarida yuz bergan yo‘l harakati hodisalari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tezda sog‘ayib ketishini tiladi.
20-avgust kuni Turkiya janubi-sharqida, Suriya bilan chegaradosh Mardin viloyatida yuk mashinasining halokatga uchrashi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘lib, 29 kishi jarohatlangandi.
Xuddi shu kuni Gaziantep viloyatida yuz bergan boshqa YTH da ham 16 kishi halok bo‘lib, 21 inson jarohatlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter