Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash bosh kotibi bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash bosh kotibi bilan uchrashdi

Bugun, 4-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qilgan.

Avval xabar qilganimizdek, Amreyev Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi va Investitsiya forumida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan.

«O‘zbekiston va Turkiy kengash mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va uzaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turadi», degan Shavkat Mirziyoyev.

Turkiy kengash bosh kotibi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Kengashga to‘la huquqli a’zo sifatida kirishi bilan tabriklagan.

«O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi tashkilot doirasida samarali ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada jadal rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishda, avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda», degan Amreyev.

Bosh kotib O‘zbekiston rahbariga Turkiy kengashning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida ma’lumot bergan hamda Kengash bilan O‘zbekiston o‘rtasida samarali munosabatlarni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini tasdiqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring