Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 12-14 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ldi.

13-oktyabr kuni davlatimiz rahbari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammitida nutq so‘zlab, savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, ekologiya, xavfsizlik sohalari va Afg‘oniston masalasi bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

14-oktyabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

«Markaziy Osiyo – Rossiya» sammiti ham bo‘lib o‘tdi.

Tashrif yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov kuzatib qo‘ydi.

Prezidentimiz Toshkentga qaytib keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring