Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Tojikistonga boradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10-12-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda boradi.
Bu haqda Asia-Plus nashri Tojikiston hukumatidagi manbasiga asoslanib xabar berdi.
Ikki davlat rahbarlari tojik-o‘zbek munosabatlarining barcha sohalardagi istiqbollarini muhokama qiladi, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi ishlar ham tahlil qilinadi, deyiladi ma’lumotda.
O‘zbekiston rahbarining Tojikistonga tashrifi yakunida Dushanbe va Toshkent o‘rtasida transport, energetika, savdo, moliya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va fan sohalarida yangi shartnomalar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev avval uch marta Dushanbega rasmiy tashrif bilan borgan. Tashriflar 2018-yil martida va sentyabrida, so‘ngra 2019-yil iyunida amalga oshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter