Shavkat Mirziyoyev tez yordamdagi xalq dardini gapirdi
Tez yordamga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev tizimdagi eng katta muammo — shoshilinch yordam bemor uchun eng yaqin tibbiyot muassasasida emas, balki faqatgina oldindan biriktirilgan sanoqli shifoxonalarda ko‘rsatilishini tanqid qilgan.
«Misol uchun, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-1 mavzesida «o‘tkir bosh-miya jarohati» olgan bemorni tez yordam brigadasi yo‘lidagi eng yaqin shifoxona — Respublika neyroxirurgiya markaziga emas, balki Chilonzordagi Respublika shoshilinch markaziga olib borishga majbur. Shu kabi, Farg‘ona tumani Mindonobod qishlog‘ida viloyat Kardiologiya markazi bo‘lsa-da, ushbu qishloqdagi yurak xurujiga uchragan bemorni tez yordam 15 kilometr yo‘l bosib, Vodilda joylashgan tuman shifoxonasiga olib boradi», degan davlat rahbari.
Aytilishicha, hozirgi kunda tez tibbiy va shoshilinch yordam tizimini takomillashtirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqilgan va barcha hokimlarga yetkazilgan. Ammo prezidentning fikricha, aksariyat viloyat, tuman va shahar hokimlari bu masalaning mazmun-mohiyatini hali to‘liq tushunib yetgani yo‘q, ayrimlari esa tushunishni xohlamayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter