Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev va Den Syaopin, «temir prokuror»ning tergovi, avtomobillar narxi, ko‘tarilishni istamayotgan dollar, texasliklarni lol qoldirgan «Abbos» va boshqa xabarlar

Shavkat Mirziyoyev va Den Syaopin, «temir prokuror»ning tergovi, avtomobillar narxi, ko‘tarilishni istamayotgan dollar, texasliklarni lol qoldirgan «Abbos» va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 22-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Den Syaopin. Ularni nima bog‘lab turadi?

Zarur siyosiy sharoitlar yaratilganidan so‘nggina Den Syaopin keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Den Syaopin Xitoy voqeligidan kelib chiqqan holda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish nazariyasini ishlab chiqdi. Shu sababli ham uni Xitoy islohotlarining buyuk otasi deya ta’riflashadi. Xitoyning avvalgi va hozirgi rahbarlari Den Syaopin g‘oyalariga sodiq 

Shavkat Mirziyoyev kimlarni Navro‘z bilan tabrikladi?

Navro‘z bayrami munosabati bilan sayyoramizning bir qancha mamlakatlari rahbarlari, davlat va din arboblaridan Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriknomalar kelgani haqida xabar bergan edik. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Navro‘z munosabati bilan ushbu bayramni nishonlaydigan mamlakatlarga ezgu tilaklari bitilgan nomalar yuyubordi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmanistondagi saylovda qatnashadi

O‘zbekistonning xalqaro kuzatuvchilari MDH va ShHT missiyalari tarkiblarida saylovda ishtirok etishi kutilmoqda.

Jamiyat

22-mart — Butunjahon suv kuni. O‘zbekistonda u qanday nishonlanmoqda?

2018-yilgi Butunjahon suv kuni mavzusi «Tabiat suv uchun» — 21-asrda yuzaga kelgan suv muammolarining yechimini topishda tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq masalalarning rolini o‘rganish etib belgilangan.

Bosh prokuratura Toshkentning «temir prokurori» ustidan tergov boshlanganini ma’lum qildi

Bosh prokuratura 2-mart kuni Toshkent shahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari, adliya katta maslahatchisi Mira’lam Mirzayevning qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etgan edi.

«Toshkent-Qarshi-Toshkent» endi «Toshkent-Termiz-Toshkent»ga aylandi

Mazkur elektropoyezd haftada 6 kun, ya’ni seshanba kunidan boshqa barcha kunlarda harakatini amalga oshiradi. Toshkentdan soat 08:50 jo‘naydigan 4-sonli elektropoyezd soat 20:16 da Termiz vokzaliga, Termizdan soat 06:50da jo‘naydigan 3-sonli elektropoyezd esa soat 18:44 da Toshkent vokzaliga kirib keladi.

Eshak go‘shti sotgan qassob iqrori (video)

Eshak go‘shtini sotish bilan shug‘ullangan «tadbirkorlar» faoliyati aks etgan videolavha paydo bo‘ldi. Anons ekani aytilgan videolavhada katta ehtimol bilan 2017 yilning dekabrida jamoatchilik o‘rtasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan jinoyat ishi tarixi bayon qilinadi.

Adliya vazirligi: «O‘zbekistonda majburiy mehnat qonun bilan taqiqlangan!»

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali yana bir bor eslatdi.

Texasda Navro‘z via «Abbos» guruhi (video)

Navro‘z ayyomi nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijdagi o‘zbekistonliklar tomonidan ham munosib va o‘ziga xos tarzda nishonlandi. «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi Askar Karimov nomli hamkorimiz «Abbos» guruhi ishtirokidagi asosiy videolavhani ulashdi.

Hodisa

Tovlamachi ayol qarmog‘i: ishqdan chiqqan jinoiy ish

Xo‘jaobod tumanida yashovchi «Munira» ismli yosh ayol qo‘shni Buloqboshi tumanida yashovchi «T.O.» ismli yigit bilan tanishib, o‘rtalarida yaqin munosabat yuzaga keladi.

O‘zbekiston ko‘chasida «anjancha korrida»

Joriy yilning 8-mart kuni Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 1050 tezkor raqamiga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati navbatchilik qismidan xabar kelib tushdi.

Samarqandlik shifokor pichoqlagan erkak shifoxonaga yetmay joni uzildi

Natijada M.Xojiyev kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. M.Eshonqulov qo‘lga olingan.

Avto

«GM Uzbekistan» apreldan narxlarni oshiradimi?

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda aprel oyidan boshlab «GM Uzbekistan» avtomobillari narxi 15 foizga oshirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida kompaniya vakili bilan bog‘landik.

Asabi bo‘shlar ko‘rmasin: qimmatbaho «Ferrari»ni yanglishib metallolomga topshirib yuborishdi (video)

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yanglishib «Ferrari 458 Italia»ni metallolomga topshirib yuborishdi.

Sport

Yengilmas bokschi — Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi ma’lum

Ma’lumot uchun, xitoylik bokschi faoliyati davomida 12ta jang o‘tkazib, ularning 10tasida g‘alaba qozongan.

Inesta Neymarning «Real»ga o‘tishi haqida: «Menga baribir»

Agar Madrid klubi u bilan shartnoma imzolasa, dunyoning eng kuchli o‘yinchilaridan birini qo‘lga kiritgan bo‘ladi. Ammo «Barselona» tarkibi baribir kuchliroq bo‘ladi», — dedi Inesta.

Alisher Usmonov «Milan» xo‘jayiniga aylanishi mumkin

Shuningdek, Usmonov «Sevilya»ni sotib olishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan. 2017 yilda esa u «Anderlext» bilan ham qiziqib ko‘rgan.

Iqtisodiyot

Dollar kursi sezilarli ravishda pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 23 martdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Texnologiya

«Amazon» ilk bor «Google»ni ortda qoldirdi

Dunyodagi eng yirik internet-riteyler «Amazon» kompaniyasi kapitalizatsiyasi bo‘yicha o‘z raqibi «Google»ga egalik qiluvchi «Alphabet» kompaniyasidan o‘zib ketdi.

Sherzod Shermatov: «Qog‘ozda qonunchilik chiroyli bo‘lsa-da, amalda ishlamasa, bu innovatsiyalar reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi»

Eng birinchilaridan bu «qonunchilik sifati» («Regulatory quality», 139-o‘rin) va «qonunchilik ijrosi» («Rule of law», 133-o‘rin) ko‘rsatkichlaridagi O‘zbekistonning o‘rni. Bu indikatorlar Jahon banki tomonidan tayyorlanadigan «World Governance Indicators» hisobotidan olinadi

Dunyo

Rossiyadagi uylardan birida 7 ming odam ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning ko‘pchiligi o‘zbekistonlik

Rossiyaning Sverdlovsk shahridagi oddiy kvartiralardan biri ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, hozirgi kunga qadar bu kvartirada 6844 kishi uy ro‘yxatidan o‘tgan. Ammo bu hammasi emas.

Taylandda dahshatli avtobus halokati oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (video)

Tayland shimoli-sharqidagi Nakxonratchasima viloyatida ikki qavatli avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan, 35 kishi esa jarohatlangan.

Tavsiya qilamiz

Global muammoning ayanchli muhri (foto)

Bugungi kunda 2,1 milliard inson uy sharoitida xavfsiz ichimlik suvisiz yashaydi, bu esa ularning sog‘lig‘iga, ta’lim olishiga va yashashiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Kattaqo‘rg‘on fojiasi. Bu holat takrorlanmasligi uchun maktablar mahalliy hokimlik tasarrufidan chiqarilishi kerak

Yaxshiyamki, samarqandlik rasmiylar Diana Yenekeyeva oliy ma’lumotga ega bo‘lmagani sababli allaqachon ishdan bo‘shatilganini yozishmadi — yo eslariga kelmagan, yo insof qilishgan.

«Alpomish» dostonida to‘y bilan bog‘liq qanday odatimiz tilga olingan?

To‘ylardagi urf-odatlarning o‘ziga xos ma’nosi bor. Bu o‘rinda «Alpomish» dostonida qayd etilgan «ro‘mol o‘ratar», «Kengashli to‘y tarqamas» maqolining in’ikosi bo‘lgan «maslahat oshi» singari ming yillik milliy odatlarimizni har xil bid’atlar bilan adashtirish kerak emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring