Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilindi
ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
Sammit natijalari bo‘yicha Sindao deklaratsiyasi qabul qilindi. Yana bir qator hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev taklifi muvofiq ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli voqeasi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov ShHT Bosh kotibligiga tasdiqlandi.
Tojikiston vakili Jumaxon G‘iyosov ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori etib tayinlandi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter