Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Tadbirkorni tekshirgan jinoiy javobgarlikka tortiladi»

Shavkat Mirziyoyev: «Tadbirkorni tekshirgan jinoiy javobgarlikka tortiladi»

Shavkat Mirziyoyev

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarga ham to‘xtalgan.

«Tadbirkorga yer berish tizimi tubdan o‘zgaradi. Endi yerlar haqidagi ma’lumot internetda bo‘ladi. Hammasi internetda tursin. Endi yer ajratish uchun 17 kishi qo‘l qo‘ymaydi. Qibraydan tashqari, boshqa tumanlarda yer berish masalasini Vazirlar Mahkamasi emas, viloyat hokimi hal qiladi», — deb aytgan O‘zbekiston rahbari.

Manbamizning xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev mas’ul rahbarlarga qarata: «Tadbirkorman deganiga yer ber! Yerni bosib o‘tirish davri o‘tdi. Tadbirkorni tekshirgan jinoiy javobgarlikka tortiladi», — deya ta’kidlagan.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring