Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev tadbirga kechikkani sababini izohladi

Shavkat Mirziyoyev tadbirga kechikkani sababini izohladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida yangi qurilgan Uzbekistan GTL majmuasi ochilish marosimida ishtirok etishini xabar qilgan edik. Davlat rahbari majmua bilan tanishib chiqqani tufayli tantanali tadbirga biroz kech qoldi va buning sababini izohlab o‘tdi.

— Assalom alaykum, xonimlar va janoblar. Tadbirga salgina kechikdik, buning uchun uzr so‘rashim kerak. Bu kechikishning ham sababi bor. Ushbu majmua O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli mutaxassislar bilan ko‘rib chiqdik, yangi loyihalar haqida gaplashdik, yoshlar bilan uchrashdik va shu sabablarga ko‘ra biroz kech qoldik.

Ammo bu kechikishimiz shunga arziydi, deb o‘ylayman. Sizni yana ko‘rib turganimdan, Qashqadaryo ahli bilan ko‘rishganimdan xursandman, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ayni vaqtda davlat rahbari Uzbekistan GTL majmuasining ochilish marosimida nutq so‘zlamoqda. Xabar.uz axborot tahliliy portali tadbirdan ma’lumotlar berib borishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring