Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev eksportga salbiy ta’sir qilayotgan sabablarga to‘xtaldi

Shavkat Mirziyoyev eksportga salbiy ta’sir qilayotgan sabablarga to‘xtaldi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish o‘rni va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilish avvalida dunyodagi ziddiyatlar, savdodagi cheklovlar hamda asosiy hamkor davlatlardagi devalvatsiya yil boshida belgilab olingan rejalarni o‘zgartirib yuborgani, bu, ayniqsa, oziq-ovqat va to‘qimachilik eksportiga salbiy ta’sir qilgani qayd etildi. 

Vaziyatni jilovlashning yagona yo‘li – qishloq xo‘jaligida hosildorlikni keskin oshirish hisobiga tannarxni kamaytirish, chuqur qayta ishlashga va qo‘shilgan qiymat yaratishga ko‘proq investitsiya jalb qilish orqali eksportni ko‘paytirish hisoblanadi.

Buning uchun qishloq xo‘jaligi, butun iqtisodiy kompleks sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangicha yondashuvlarni, tashkiliy va moliyaviy instrumentlarni joriy qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring