Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Si Szinpin bilan muloqot qiladi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilinishicha, ushbu haftada ham ko‘plab tadbirlar, masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Shular qatorida, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Unda ikkita asosiy yo‘nalish:
- birinchisi — ichki bozorni qurilish materiallari bilan yetarlicha ta’minlash, energiya samaradorligi orqali tannarxni tushirish;
- ikkinchisi — import tarkibini o‘rganib, ularning o‘rnini bosadigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, buning uchun yangi investitsiya loyihalarini shakllantirib, korxonalarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, hafta davomida ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, hududlarda iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligini oshirish, temir yo‘l transporti tizimidagi transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shuningdek, bu haftada davlatimiz rahbarining Xitoy Raisi Si Szinpin va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqotlari ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter