Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.

Mintaqadagi vaziyatning rivojiga hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlariga, shu jumladan ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Lavrov 23-27-iyul kunlari Afrika davlatlariga safarlar qilgan va Efiopiyadan to‘g‘ri Toshkentga kelgan.

Shuningdek, prezident Mirziyoyev avvalroq Xitoy TIV rahbari Van Ini qabul qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring