Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Jidda shahrida «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter