Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi.
«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun davlatimiz rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter