Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Qo‘shma biznes forumda ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirok etishadi. 

Sammit yakunida bir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar hamda savdo-investitsiyaviy kelishuvlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron kelishi kutilmoqda. Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Tashrif dasturiga muvofiq, tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqishadi. Savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi.

Ayni paytda Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lib turibdi. Oqo‘rda matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1 noyabr kuni ikki davlat rahbari Ostonada tor va kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazgan.

Bloomberg nashiriga ko‘ra, Fransiyaning Qozog‘iston va O‘zbekistonga yaqinlashuvidan maqsad uran importi yuzasidan muzokaralar olib borishdan iborat. Chunki Rossiya-Ukraina urushi hamda Nigerdagi davlat to‘ntarishi sababli Fransiya o‘z energiya manbalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Fransiya atom energetikasi bo‘yicha dunyoda birinchi, ular orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasi bo‘yicha esa uchinchi o‘rinda turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring