Shavkat Mirziyoyev Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23-mart kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi.
O‘zbekiston hududlarining Tatariston bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat yetakchi korxonalari o‘rtasida sheriklik aloqalari va kooperatsiya rivojlanayotganining ilk muhim natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zaro savdo hajmi ortib, nomenklaturasi sifatli kengaymoqda, qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bugun Toshkent viloyatida yangi «Chirchiq» texnologik parki qo‘shma loyihasiga start berildi.
Gumanitar yo‘nalishda, shu jumladan ta’lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.
Sanoat kooperatsiyasi, axborot texnologiyalari, transport va logistika, farmatsevtika va turizm sohalarida loyihalarni yanada ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Turli darajalardagi faol muloqotlarni va «yo‘l xaritasi» asosida birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter