Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi boshlandi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi boshlandi.

«Vatan himoyachilari kuni arafasida Qurolli Kuchlarimiz va harbiy-ma’muriy sektorlar faoliyati samaradorligini tahliliy ko‘rib chiqish va kelgusidagi dolzarb vazifalarni belgilab olish yaxshi an’anaga aylangan. Ushbu majlis ulug‘ sana – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 30 yilligi arafasida o‘tkazilmoqda», — dedi davlatimiz rahbari.

Shuningdek, prezident Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan barcha harbiylarimiz va soha faxriylarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

Prezident Qurolli Kuchlarimizning shakllanishi va isloh qilinishi haqida gapirarkan:

«Albatta, Qurolli Kuchlarimizning shakllanish jarayoni dunyoda va mintaqamizda murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hukm surgan davrga to‘g‘ri keldi.

Islohotlarimiz natijasida mamlakatimiz xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, har tomonlama zamonaviy qurollangan, qudratli armiyamiz shakllanmoqda.

Biz 2016 yilda Qurolli Kuchlarimiz faoliyatini chuqur o‘rgangan holda, harbiy qurilishning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim qarorlar qabul qildik. Va besh yillik istiqbolga mo‘ljallangan, kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks choralarni ko‘rdik.

Aniq maqsadga qaratilgan ana shunday ishlar natijasida, armiyamiz qiyofasi ham, harbiy xizmatning ma’no-mazmuni ham tubdan o‘zgarmoqda. Qo‘shinlarning jangovar shayligi va tayyorgarlik darajasi keskin oshmoqda», dedi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring