Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» sammiti doirasida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.
Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy aloqalarni kengaytirish zarurligi qayd etilgan.
«Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi sohalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 11 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilindi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter