Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston-Qozog‘iston do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat yetakchi korxonalarining, eng avvalo, savdo, energetika, mashinasozlik, kimyo, qurilish, tarmoqlari, transport va logistika sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq qo‘shma iqtisodiy loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surish borasida hukumatlar darajasida muntazam va samarali muloqotlar olib borilayotgani ijobiy baholandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Telefon orqali muloqot har doimgidek do‘stona va ishonch ruhida o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring