Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi boshlandi.
Unda Shavkat Mirziyoyev tantanali qasamyod qildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi. Unga Prezidentlik Oliy nishoni va bayrog‘i topshirildi.
«O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman», dedi davlat rahbari.
Ayni paytda davlatimiz rahbari nutq so‘zlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter